» » Andijonda 28 yoshli ayolning uyiga bostirib kirib, qo‘li va og‘zini skotchlab pul talab qilgan ikki yigit qamoqqa olindi

Andijonda 28 yoshli ayolning uyiga bostirib kirib, qo‘li va og‘zini skotchlab pul talab qilgan ikki yigit qamoqqa olindi


Andijonda 28 yoshli ayolning uyiga bostirib kirib, uni kaltaklab pul talab qilgan 19 yoshli ikki yigit qamoqqa olindi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 24-avgust kuni soat 22:30 larda yuz bergan. Ikki nafar noma’lum shaxs yuzlariga niqob taqib, Asaka tumani “Otish” MFY Qo‘rg‘onoldi ko‘chasida yashovchi 28 yoshli ayol I.N.ning uyiga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uning qo‘li va og‘zini skotch bilan bog‘lab, yuzi va tanasining boshqa joylariga qo‘llari bilan urib, pul berishini talab qilgan. Ammo xonadon egasi faol qarshilik ko‘rsatganligi sababli hodisa joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, qonga o‘xshash dog‘lar, bir dona chalabzar pichoq hamda oyoq izi mavjud bo‘lgan tyuner apparati, skotch bo‘laklari hodisa sodir bo‘lgan joyidan 250 metr uzoqlikda yo‘l chetida qo‘lbola usulda tikilgan bir dona oq-qora rangli niqob va qonga o‘xshash dog‘lari bo‘lgan bir juft oq rangli rezina qo‘lqop borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 19 yoshli R.M. va T.A. sodir etganligi aniqlanib, T.A.dan qo‘lbola usulda tikilgan bir dona oq rangli niqob va bir dona oq rangli rezina qo‘lqop rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, R.M. va T.A. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют