» » Kanada yalpi ichki mahsuloti 38,7 foizga qisqardi. Bu mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi

Kanada yalpi ichki mahsuloti 38,7 foizga qisqardi. Bu mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi


2020-yilning 2-choragida Kanada iqtisodiyoti pandemiya sababli 1-chorakka nisbatan rekord darajaga – 11,5 foizga kamaydi va retsessiyaga kirdi. Bu haqda Kanada statistika boshqarmasiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kanada yalpi ichki mashuloti aprel—iyunda yillik hisobda 38,7 foizga qisqargan va bu ham rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Trading Economics’ning yozishicha, tahlilchilar Kanada iqtisodiyoti chorak bo‘yicha 12 foizga qisqarishini prognoz qilgan. 1-chorakda Kanada yalpi ichki mahsuloti 2,1 foizga kamaygan.

Ekspertlarda 2-chorakda iqtisodiyotni yillik 39,6 foizga qulashini prognoz qilgan. 1-chorakda iqtisodiyot yillik hisobda 8,2 foizga qisqargan.

Aholining 2-chorakdagi xarajatlari ish o‘rinlari yo‘qotilgani va do‘konlar yopilishi hamda turizmdagi cheklovlar tufayli xarajatlar qilishda cheklangan imkoniyatlar sabab rekord ko‘rsatkichga – 13,1 foizga qisqargan.

Pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar Kanada eksportining 2-chorakda 18,4 foizga, importining esa 22,6 foizga qisqarishiga olib kelgan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2020-yilning ikkinchi choragida o‘tgan chorakka nisbatan 11,9 foizga va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 foizga pasaygani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют