» » Samsung va Apple xitoylik raqobatchilarga imkoniyatni boy bermoqda

Samsung va Apple xitoylik raqobatchilarga imkoniyatni boy bermoqda


Smartfonlarning dunyo bo‘yicha savdosi 2017-yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga o‘sib, 347,4 million donani tashkil qildi.

Biroq yetakchilar Samsung va Apple’ning bozordagi hissasi kamaygan. Ularning xitoylik raqobatchilari Huawei, Oppo va Vivo esa savdo hajmini oshirishga muvaffaq bo‘lgan, deya xabar bermoqda Insider Pro.

Samsung avvalgidek birinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning savdo hajmi bir foizga kamaygan va sotilgan smartfonlar soni 79,2 million donani tashkil qilgan.

Kompaniya Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlariga chegirmalar joriy etgan, endilikda Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus savdoda yetakchilik qilishi kutilmoqda.

Apple’ning hissasi 14,9 foizgacha qisqargan va 51,6 millionta smartfon sotilgan. Chorak oxirida bozorga iPhone SE va qizil iPhone 7 chiqarildi, biroq ular savdoning o‘sishiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmadi.

Shu bilan bir vaqtda, “xitoylik uchlik” savdo hajmini oshirishda davom etmoqda. O‘tgan yili Oppo va Vivo birinchi marta Lenovo va Xiaomi’ni to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardan pastga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ularning bozordagi hissasi nisbatan katta bo‘lmasa ham, o‘sish suratlari Amerika va Koreyadagi raqobatchilaridan ko‘p marta yuqori.

Huawei, Oppo va Vivo xaridorlarga Samsung va Apple kabi zamonaviy smartfonlar taklif qilmoqda. Biroq ularning narxi nisbatan arzon va bu kompaniyalar muvaffaqiyatining garovi bo‘lmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют