» » Qozog‘istonda “Orzu” nomli qo‘lbola samolyotda parvoz qilgan erkak yerga qulab halok bo‘ldi

Qozog‘istonda “Orzu” nomli qo‘lbola samolyotda parvoz qilgan erkak yerga qulab halok bo‘ldi


Qozog‘istonning G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida bir o‘rindiqli qo‘lbola samolyotda parvoz qilgan erkak 28-avgust tongida halokatga uchradi va vafot etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyotning 69 yoshli egasi tez tibbiy yordam yetib kelguniga qadar vafot etgan. Hodisa joyiga to‘rtta texnika va 18 nafar qutqaruvchi yetib borgan.

Vafot etgan erkak nafaqadagi professional uchuvchi Pavel Yeroshenko bo‘lgan. Uchuvchining rafiqasi ma’lum qilishicha, erkak bu samolyotni 10 yil davomida yig‘gan va uni “Orzu” deb nomlamoqchi bo‘lgan. Uchuvchi birinchi parvozni 22-avgust kuni amalga oshirgan, yaqin atrofdagi dala ustidan uchib o‘tgan, hammasi yaxshi bo‘lgan.

Samolyotda videoregistrator bo‘lgan. Uchuvchining rafiqasi Lyubov Yeroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, parvoz vaqtida turmush o‘rtog‘ining ahvoli yomonlashgan bo‘lishi mumkin.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Pavel Yeroshenko birinchi toifali uchuvchi bo‘lgan va Shimoliy flotda xizmat qilgan. Uning parvoz vaqti uch ming soatdan ko‘proqni tashkil etgan. Uchuvchi Tinch, Atlantika va Shimoliy muz okeanlari ustida harbiy topshiriqlarni bajargan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют