» » Namanganda tanishini 200 ming dollarga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda tanishini 200 ming dollarga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Namangan viloyatida 2019-yil mart oyida 36 yoshli N.A.dan 10 ming dona transport vositasi g‘ilofini olib, unga 200 ming AQSh dollari berishni va’da qilib, sotuvdan tushgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan I.M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 25 yoshli I.M. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida 2019-yilning 22-mart kuni Namangan shahrida N.A.ning jami 10 ming dona transport vositasi ustiga osma g‘iloflariga xaridor topganini aytgan. I.M. jihozlarni sotib, pulini 10-15 kunda berishni va’da qilib, har bir osma g‘iloflarni 20 AQSh dollaridan pullashga kelishgan.

U 200 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan osma “chexol”larni olib ketib, ularni sotib yuborgan. Pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Namanganda hokimlik mansabdori nomini sotib, yer maydonini rasmiylashtirib berish uchun 10 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingani, Kattaqo‘rg‘onda fuqaroni Milliy gvardiya institutiga kiritib qo‘yish evaziga 8000 dollar so‘ragan shaxs qo‘lga tushgani, Toshkent viloyatidagi 12 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib berish uchun tadbirkordan 60 ming dollar talab qilgan fuqaro ushlangai haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют