» » Toshkent viloyatida fuqarolarni 2,2 mlrd so‘mga chuv tushirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida fuqarolarni 2,2 mlrd so‘mga chuv tushirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi


Toshkent viloyatida 2019-yilning dekabridan 2019-yilning sentabriga qadar A.D. ismli shaxsning ishonchiga kirib, uni avval 1 millard 700 million so‘m, keyinchalik A.A. ismli fuqarodan 500 million so‘m olgan hamda pulni qaytarmagan Z.D. va Yo.T. qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bergan.

30 yoshli Z.D. va 50 yoshli Yo.T. o‘zlarini MChJning rahbarlari sifatida tanishtirib 42 yoshli A.D.ga mineral o‘g‘it bahosi arzon bo‘lgan vaqtda sotib olib, so‘ng bahosi qimmatlashgan vaqtda sotish orqali foyda ko‘rishni taklif etgan.

Ikkovlon Ohangaron tumani hududida undan 1 milliard 700 million so‘m va 44 yoshli A.A.dan 500 million so‘m miqdoridagi pullarni aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Z.D. va Yo.T. gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avval Toshkent viloyatidagi 12 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib berish uchun tadbirkordan 60 ming dollar talab qilgan shaxs ushlangani, Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Sharq haqiqati” massivi rahbari Sh.A. yer ajratib berishni va’da qilib, fuqarodan 15 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga tushgani, Buxoroda fuqarolarning salkam 500 million so‘mlik qoramollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, sotib yuborgan shaxs fosh bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют