» » “Tottenhem” Mett Doerti transferini e’lon qildi

“Tottenhem” Mett Doerti transferini e’lon qildi


“Vulverhempton” himoyachisi Mett Doerti faoliyatini “Tottenhem”da davom ettiradi.

“Shporlar” matbuot xizmatining xabar berishicha, 28 yoshli irlandiyalik futbolchi bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolangan. Doerti yangi klubi safida 2-raqam ostida harakat qiladi.

Avvalroq “Tottenhem” yarim himoyachi uchun 12 million funt to‘lashi, shu bilan birga yana 5 million funt bonus sifatida berilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Doerti “Vulverhempton”da 2011-yildan beri o‘ynab kelayotgandi. U klub safida 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

Qayd etish joiz, “shporlar” avvalroq “Sauthempton” klubidan yarim himoyachi Pyer-Emil Hyoybergni sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют