» » Salvador jahonda birinchi bo‘lib o‘z hududida metall qazib olishni taqiqladi

Salvador jahonda birinchi bo‘lib o‘z hududida metall qazib olishni taqiqladi


Salvador o‘z hududida metall qazib olishni taqiqlagan jahondagi ilk mamlakat bo‘ldi. “Phys.org”ning yozishicha, “Salvadorda metall minerallarini izlash, qazib olish yoki qayta ishlash qonun bilan taqiqlanadi”.

Salvador Ekologik bloki yetakchisini Maurisio Sermenoning so‘zlariga ko‘ra, “jamiyatga foyda keltirmaydigan, biroq atrof-muhit va suv resurslarini jiddiy ifloslanishiga sababchi sanoatning rivojlanib borayotgan vaqtda bu qonunning qabul qilinishi zarurat edi”.

Lotin Amerikasining ko‘plab mamlakatlari minerallar eksportidan daromad oladi, biroq mahalliy hamjamiyatlar metallarni qazib olish jarayonida foydalaniladigan zaharli moddalarning atrof-muhitga ta’siridan shikoyat qilib kelar edi.

Salvadorda qabul qilingan yangi qonun qishloq aholisini ularning yerlariga tahdid solayotgan metall qazib olish bo‘yicha loyihalardan ham himoya qiladi.

Tog‘-kon sanoatini kuzatib boruvchi Kanadaning MiningWatch tashkiloti Salvador rahbariyati tomonidan qabul qilingan qaror boshqa mamlakatlar uchun ham namuna bo‘lib xizmat qilishiga umid bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют