» » Pro-Liga o‘yinlari O‘zbekiston bo‘yicha jonli efirga uzatilishni boshladi (foto)

Pro-Liga o‘yinlari O‘zbekiston bo‘yicha jonli efirga uzatilishni boshladi (foto)


Futbol bo‘yicha Pro-Liga o‘yinlari O‘zbekiston bo‘yicha jonli efirga uzatilishni boshladi.

30-avgust kuni “Dinamo” va “Xorazm” jamoalari 3-turning qoldirilgan uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur o‘yin (0:0, birinchi bo‘lim) Futbol-TV telekanali orqali test rejimida jonli efirga uzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Professional futbol Ligasi (PFL) va UzReport-TV o‘rtasida Pro-Liga musobaqasining media va tijorat huquqlari bo‘yicha shartnoma imzolangandi.

Unga ko‘ra, avgust oyidan boshlab Pro-Liganing markaziy o‘yinlari UzReport-TV va Futbol-TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etilishi ma’lum qilingandi.

Shu tariqa tarixda ilk bor O‘zbekistonning quyi liga musobaqasi muntazam ravishda jonli efirga uzatilishni boshladi. Avvallari Pro-Liganing (Birinchi Liga) ayrim markaziy o‘yinlari yoki Superligaga o‘tish bahslari Sport-TV orqali jonli efirga uzatilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют