» » O‘zbekiston chegarachilari 2016-yilda 2,7 mln dollarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishi oldini oldi

O‘zbekiston chegarachilari 2016-yilda 2,7 mln dollarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishi oldini oldi


O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatdan xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda, deya xabar bermoqda “Sangzor.uz”.

Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilinishicha, 2016-yilda 2 million 718 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutaning O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqilishi to‘xtatib qolingan.

Bundan tashqari, MXX matbuot markazi katta xodimi Lola Yo‘ldoshevaning so‘zlariga ko‘ra, 6 220 yevro, 1 mln 887 ming rubl (33 000 AQSh dollari)ning chegaradan noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

2016-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan maxsus tadbirlarning birida Namangan viloyati Chortoq tumani Qumrabod aholi punktidan Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilayotgan 2 million 576 ming AQSh dollari va 18 ta valyuta bank kartochkasi chegara qo‘shinlari tomonidan ushlab qolingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют