» » Fermerligi bolgan rais moddiy yordam pulini ishchilariga bergan, yana bir rais esa 1 mln somning 100 mingini ushlab qolgan. Oliy Majlis deputatlari samarqandlik mahalla raislarining kirdikorini fosh qildi

Fermerligi bolgan rais moddiy yordam pulini ishchilariga bergan, yana bir rais esa 1 mln somning 100 mingini ushlab qolgan. Oliy Majlis deputatlari samarqandlik mahalla raislarining kirdikorini fosh qildi


Samarqand viloyatining Toyloq tumanida ikki yuzdan ortiq oziga toq oilalar kam taminlanganlar royxatiga kiritilgan. Shuningdek, Urgut tumanining Katta Sanchiqul qishlogida esa bir million somdan berilishi lozim bolgan moddiy yordam pulining 100 ming somini mahalla raisi ushlab qolgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navroz Rizayev va Gayrat Abdiyev malum qildi, deb xabar berdi Daryo muxbiri.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 20-avgust kuni otkazilgan videoselektor yigilishida berilgan topshiriqqa kora, shahar va tuman sessiyalarida ishtirok etib, hokimlar aholining ehtiyojmand qatlamini qay darajada qollab-quvvatlashini organgan.

Samarqand viloyatining tumanlarida otkazilayotgan sessiyalarda aholining ijtimoiy qatlamini royxatda olish va kam taminlangan oilalarga berilayotgan pullardan ushlab qolish holatlari aniqlangan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navroz Rizayev. Masalan, Toyloq tumanidagi sektorlar faoliyati organib chiqilganda, ikki yuzdan ortiq moddiy va moliyaviy ahvoli yaxshi oilalar mahalla tomonidan kam taminlanganlar royxatiga kiritilgani malum bolgan. Afsuski, bunday holat viloyatning boshqa tumanlarida ham bor.

Deputatlarning takidlashicha, bu borada ijobiy ishlar ham qilinmoqda. Ammo asosiy etirozlar mahalla, mahalla kotiblari va osha mahalla boginidagi mutasaddilarning masuliyatsizligi sabab kelib chiqmoqda.

Prezidentimiz otkazgan yigilishdan song sektor rahbarlari bunday holatlarga jiddiy munosabat bildirmoqda. Biz umid qilamizki, ular aniqlangan noqonuniy harakatlarning oxiriga yetadi. Oz navbatida bizlar ham oz takliflarimizni kiritdik, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gayrat Abdiyev. Aniqlangan kamchiliklardan song royxatqayta shakllantirilib, boshab qolgan joylarga haqiqiy muhtoj oilalar kiritilmoqda.

Qoshimcha qilinishicha, ayrim joylardagi mahalla raislarining fermer xojaligi ham bor bolib, ular ishchilariga oylik soramaslik sharti bilan ehtiyojmand aholiga berilishi lozim bolgan yordam pullarini ularga berib yuborgan.

Urgut tumanining Katta Sanchiqul qishlogida kam taminlangan oilalarga berilgan bir million som pulning yuz ming somini mahalla raisi ushlab qolgan. Bizning borishimizni eshitgan rais odamlarga yana yuz ming somdan tarqatib, shikoyat qilmasligini aytgan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navroz Rizayev.

Oliy Majlis deputati Gayrat Abdiyev vijdonsizlikka yol qoygan mahalla raislariga qattiq chora korilishi haqidagi taklif sessiya qaroriga ham kiritilishi tarafdori ekanligini qoshimcha qildi.

Albatta, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishlayapti. Ammo kengash qarorlariga kiritilsa, nazorat yana kuchaytiriladi. Bu orqali biz qarorning mana shu qismi nimaga bajarilmadi, degan savolni ortaga qoya olamiz. Men mahalliy kengash deputatlarining hammasini faollikka va hamkorlikka chaqiraman. Chunki bunday holatga koz yumib bolmaydi. Sessiyalarda deputatlarning faolligi oshgan. Ammo baribir hali tahlilga kirishilgan emas. Biz buni toxtatmaymiz. Bu masala muntazam ravishda muhokama qilinadi va muvofiqlashtiriladi. Sababi avval qilingan xatoni qaytarmaslik kerak. Axir xalqni aldab bolmaydi, dedi Gayrat Abdiyev.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (30-08-2020, 19:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -