» » “Termizgacha bo‘lgan yo‘lda ‘stakan’da suv to‘kilmaydi, bu yerda esa kimgadir bog‘liq bo‘lib shuncha pul qolib ketyapti” — Aktam Hayitov Dehqonobod markaziga olib kiruvchi xalqaro yo‘l ta’mirtalabligicha qolayotganini aytdi

“Termizgacha bo‘lgan yo‘lda ‘stakan’da suv to‘kilmaydi, bu yerda esa kimgadir bog‘liq bo‘lib shuncha pul qolib ketyapti” — Aktam Hayitov Dehqonobod markaziga olib kiruvchi xalqaro yo‘l ta’mirtalabligicha qolayotganini aytdi


Oliy Majlis deputati, Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Aktam Hayitov respublika budjetidan yo‘l ta’miri uchun berilgan mablag‘ning 180 milliard so‘mi belgilangan muddatda sarflanmay qolganini, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani markaziga olib kiruvchi M39 xalqaro yo‘li esa ta’mirtalabligicha qolayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman kengashining navbatdagi sessiyasida qatnashgan Aktam Hayitov Dehqonobod tumani markaziga olib kiruvchi yo‘lning ta’mirtalabligi haqida to‘xtalib, yo‘l ta’miri uchun respublika budjetidan yetarli mablag‘ ajratilsa-da, tuman yo‘lini ta’mirlash uchun mablag‘ berilmaganligini tanqid qilgan.

“Umumiy ahamiyatli yo‘llarni ta’mirlash maqsadida 2020-yilning birinchi choragida sarflanishi lozim bo‘lgan mablag‘ning 180 milliard so‘mi o‘zlashtirilmagan. Men ‘shuncha pul bo‘la turib, nega Dehqonobodning yo‘lini ta’mirlamayapsizlar?’, deb so‘radim. Bu axir xalqaro ahamiyatdagi yo‘l-ku, eksport masalasi. Chak-chakdan Surxondaryoga qarab o‘tsangiz, Termizgacha bo‘lgan yo‘lda ‘stakan’da suv to‘kilmaydi, bu yerda esa kimgadir bog‘liq bo‘lib shuncha pul qolib ketyapti. Transport vazirligi, yo‘l jamg‘armasi bunga javob berishi kerak-ku”, — dedi Aktam Hayitov.

Dehqonobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mas’uli Muzaffar Nazarovning ma’lumot berishicha, M39 Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumani hududidan o‘tgan 1265—1315 km qismi ta’mirtalab holga kelgan.

Oydinlik kiritilishicha, mazkur yo‘lning 1265—1292 km qismi 2011—2018-yillarda Bekobod yo‘l industriya unitar korxonasi tomonidan ta’mirlangan. Ta’mirlash ishlari 2018-yil Qashqadaryo yo‘l qurilish-ta’mirlash unitar korxonasiga topshirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют