» » Germaniyaning 2020-yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi

Germaniyaning 2020-yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi


Germaniya sport jurnalistlari assotsiatsiyasi 2020-yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Unga ko‘ra, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniyaning 2020-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Polshalik futbolchi 525 ovozdan 276 tasini qo‘lga kiritgan. Ikkinchi o‘rinda Tomas Myuller (54 ovoz) qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni yana bir myunxenliklar vakili Yozua Kimmix (49) egallagan.

Polshalik futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda Bundesliga, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Germaniyaning eng yaxshi murabbiyi sifatida “Bavariya” ustozi Xans-Diter Filik e’tirof etildi. Jamoasi bilan trebl qayd etgan mutaxassis 223 ta ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp (164) egalladi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют