» » BMT portdagi portlash tufayli Livan aholisining yarmi ochlikdan qiynalishi mumkinligini ma’lum qildi

BMT portdagi portlash tufayli Livan aholisining yarmi ochlikdan qiynalishi mumkinligini ma’lum qildi


2020-yil oxiriga borib Livan aholisining yarmidan ko‘p qismi Bayrutda 4-avgust kuni sodir bo‘lgan portlash asoratlari tufayli och-nahor qolib ketishi mumkin. BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi shunday xulosaga kelgan.

Xabarda portning mamlakatdagi asosiy logistik infratuzilma ekanligi qayd etilgan. Koronavirus pandemiyasi va ishsizlar sonining ko‘payishidan keyin mazkur portlashning ham sodir bo‘lgani oqibatida Livanda aholining yarmidan ko‘proq qismi asosiy yeguliklardan mahrum bo‘lishi mumkin.

Mazkur xavf tufayli komissiya tomonidan mamlakatda iqtisodiyotni o‘ziga keltiradigan, ishsizlikni yengib o‘tish va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi, xususan, qishloq xo‘jaligidagi vaziyatni o‘nglash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Avval Livan hukumati portlash oqibatida keltirilgan zarar miqdori 15 milliard AQSh dollaridan ziyod ekanligini bildirgandi.

Portlash 4-avgust kuni sodir bo‘lgan. Hodisa 2014-yilda Gruziyadan Mozambikka yuk olib ketayotgan rossiyalik tadbirkor Igor Grechunkinga tegishli kemadan musodara qilingan 2750 tonna og‘irlikdagi ammiak selitrasi portlashi oqibatida sodir bo‘lgan. Livan bosh vaziri Bayrutdagi mazkur portlashga uzoq yillar davom etgan korrupsiya holatlari sabab bo‘lganini aytgan.

Portlash oqibatida Bayrut shahrining deyarli yarmi qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan, 300 ming nafar odam uysiz qolgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra portlash tufayli 190 kishi halok bo‘lgan, 6500 nafar odam turli jarohatlar olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют