» » Qashqadaryolik hokimlar velosipedda poyga uyushtirdi. Zoir Mirzayev va Alisher Zokirov g‘olib bo‘ldi (foto)

Qashqadaryolik hokimlar velosipedda poyga uyushtirdi. Zoir Mirzayev va Alisher Zokirov g‘olib bo‘ldi (foto)


Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi hokimlar velosipedda poyga uyushtirdi. Manzilga viloyat hokimi Zoir Mirzayev hamda Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar birinchi bo‘lib yetib keldi.

Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning aytishicha, hokimlar “Avtomobilsiz bir kun” loyihasida ishtirok etib, uch kilometrlik masofani bosib o‘tgan.

Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan viloyatda ko‘plab yangiliklar qilindi. Jumladan Dehqonobod tumanida loyiha qiymati 840 million so‘m bo‘lgan “Iste’molchilar kutubxonasi” ish boshladi. Kutubxonada ichida ko‘zi ojizlar uchun brayl yozuvidagi yana bir kutubxona va tikuvchilik sexi ham mavjud bo‘lib, umumiy hisobda 20 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.

Shuningdek, tumanda bayram arafasida loyiha qiymati 1 milliard so‘m bo‘lgan yoshlar mehnat guzari ham ish boshlagan bo‘lib, unda 30 ta yangi ish o‘rni yaratgan tikuvchilik sexi, kompyuter markazi va mebel sexi faoliyat boshlagan.

Mazkur obyektlar ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Arziqulov kutubxona va yoshlar mehnat guzari dehqonobodlik yoshlar uchun bayramga munosib sovg‘a bo‘lganini ta’kidlagan.

“Bunda tuman hokimi Zoir Aliqulov boshchiligidagi mas’ullarning hissasi beqiyos, buning uchun viloyat hokimligi nomidan, qolaversa, dehqonobodliklar nomidan tuman rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz”, — dedi viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Arziqulov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatga Xitoydan 30 ta Golden Dragon rusumli zamonaviy avtobus olib kelingani va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlagani, avtobuslarning dastlabki yo‘lovchilari viloyat hokimi boshchiligidagi rahbarlar va faollar ekanligi xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют