» » Britaniya Brexit’dan so‘ng boshqa davlatlarga qarshi sanksiyalar joriy etishga imkon beruvchi qonunlar ustida ishlamoqda

Britaniya Brexit’dan so‘ng boshqa davlatlarga qarshi sanksiyalar joriy etishga imkon beruvchi qonunlar ustida ishlamoqda


Buyuk Britaniya rasmiylari mamlakat Yevroittifoq tarkibidan chiqqanidan so‘ng boshqa davlatlarga qarshi sanksiyalar joriy etishiga imkon beruvchi qonunlar ustida ishlamoqda. London cheklovchi choralar qo‘llash bo‘yicha vakolatlarining aksariyatidan Brexit’dan so‘ng mahrum bo‘ladi, deya xabar beradi “TASS”. 

Mamlakat vazirlari o‘tgan haftada mazkur masaladagi maslahatlashuvlarga kirishdi. Yangi qonun loyihasi parlamentga 19-iyunda bo‘lib o‘tadigan muddatdan avvalgi saylovlardan so‘ng kiritilishi mumkin. 

Buyuk Britaniya hozirda BMT va Yevroittifoq tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni qo‘llashga majbur. Cheklovchi choralarning ko‘pchiligini amalga oshirish uchun London Yevropa qonunchiligidan foydalanadi.

Qayd etishlaricha, mamlakatning bir tomonlama sanksiyalar kiritish imkoniyati cheklangan. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют