» » Saida Rametovani turk filmiga taklif qilishgani, ammo u taklifga roz bo‘lmagani sababini ma’lum qildi (video)

Saida Rametovani turk filmiga taklif qilishgani, ammo u taklifga roz bo‘lmagani sababini ma’lum qildi (video)


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist, teleboshlovchi Shohira Hamro tashkillashtirdi.

Aktrisa Saida Rametova suhbat davomida Jaloliddin Manguberdi tarixiy serialining suratga olish jarayonida aktrisani boshqa filmga ham taklif qilishgani, ammo u taklifga nega rozi bo‘lmagani sababini ma’lum qildi.

Jaloliddin Manguberdi tarixiy serialida Oygul rolini ijro etayotganimda turk kinoijodkorlari boshqa filmga ham taklif qilishdi. Qanday rol desam, yana qaynona roli-da. Yo‘q, o‘ynamayman, dedim.

Boshqa rolga taklif qilsangiz boraman, dedim. Lekin juda ko‘p turk kinoijodkorlari bizning aktyorlarimizga shaydo bo‘lib qolishdi. Ularni filmlarga taklif qilishlarini ham ma’lum qilishdi. Bizning aktyorlar turk tilini o‘rganishgani uchun bemalol turk filmlarida rol ijro qilishlari ham mumkin.

Saida Rametova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют