» » “Yangi Pirlo” faoliyatini “Milan”da davom ettiradi

“Yangi Pirlo” faoliyatini “Milan”da davom ettiradi


“Breshiya” klubi yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini “Milan”da davom ettiradi, deya xabar qilmoqda italiyalik jurnalist Janluka di Martsio.

“Milan” futbolchini 15 million yevroga sotib olish huquqi bilan 10 million yevroga ijaraga oladi. Tonalining “Milan”dagi natijalariga qarab “Breshiya” yana 10 million yevrogacha ishlab olishi mumkin. Bundan tashqari “Breshiya” Tonalining keyingi transferidan 10% ulushga ham ega bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, shartnomaga ko‘ra, “Milan” Sandroni ijara yakunida sotib olish majburiyatini olmaydi. Biroq ijaraga to‘lanadigan katta miqdordagi puldan kelib chiqilsa, milanliklarning maqsadi uni sotib olish ekani oydinlashadi.

Tonaliga “Yuventus” va “Inter” kabi jamoalardan ham qiziqish bor edi.

“Yangi Pirlo” laqabini olgan o‘yinchi “Breshiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017-yilda bosh jamoada debyut qilgandi. A Seriya 2019/20-yilgi mavsumida 20 yoshli futbolchi 35 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют