» » Arturo Vidal: “Barselona”ning g‘oyalari eskirgan

Arturo Vidal: “Barselona”ning g‘oyalari eskirgan


“Barselona” yarim himoyachisi Arturo Vidal katalon klubida o‘zgarishlar qilish vaqti kelgani haqida gapirdi.

“Barselona” o‘z qarashlarini o‘zgartirishi kerak, futbol ancha o‘zgardi, jamoa DNKsi ortda qolib ketgan, boshqa jamoalar esa turli yo‘nalishda kuchayib bormoqda. Futbol hozirda ko‘proq jismoniy holatga bog‘liq, katta kuch va tezlik kerak, texnika esa ayrim vaqtlarda ikkinchi planga o‘tib qolmoqda.

“Barselona” ko‘p narsalarni o‘zgartirishi kerak. Men dunyoning eng kuchli jamoasi deb biladigan klub faqatgina 13 professional futbolchiga ega bo‘lib, qaydnomani qolganini voyaga yetmagan o‘yinchilar bilan to‘ldirmaydi. Bu gapim bilan ular u yerda bo‘lishga arzimaydi demoqchimasman, biroq bu jamoa asosiy tarkibiga kirish uchun ular raqobatlashishi kerak, maydonda esa eng yaxshilar o‘ynashi lozim.

Barcha jamoalarda 23 nafardan futbolchi bor, ular maydonda harakat qilish uchun kurash olib boradi, har kuni o‘sadi va rivojlanib boradi. Ammo jamoa DNKsi orqali faqat g‘alabalarga erishaman deb o‘ylasangiz, u holda hech qanday o‘sishga erisha olmaysiz.

Bizda Messi bor, dunyoning birinchi raqamli futbolchisi, o‘zga sayyoralik, biroq unga yordam kerak, unga jamoani kuchaytira oladigan va ko‘proq natija keltiradigan sheriklar kerak.

Arturo Vidal, “Barselona” futbolchisi

33 yoshli chililik futbolchi 2019/20-yilgi mavsum La Ligada 33 o‘yin o‘tkazib, 8 gol va ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Qayd etish joiz, avvalroq “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Arturo Vidalning xizmatlariga ehtiyoj sezmayotgani va uning mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют