“Naqadar azobli ayriliq daf’i, siyraklashib borar do‘stlarning safi”. Yaqinlari va hamkasblari Fathulla Mas’udovni xotirlamoqda
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 30-avgust kuni 57 yoshda vafot etdi. U koronavirusdan davolanayotgan edi.
Taniqli aktyorning yaqinlari hamda hamkasblari ijtimoiy tarmoqlarda u haqdagi xotiralarini yozib qoldirmoqda.
“Hech bir insonni juftidan ayrilmasin ekan. Bugun 31-avgust opam Gulira’no Mas’udovaning tavallud ayyomlari — 51 yoshni qarshiladilar. Ayni shu kunda ular va biz uchun Allohdan katta sinov, sabrimizni toblantiruvchi hodisa bo‘ldi, pochchajonim Fathulla Mas’udov 57 yoshlarida foniy dunyoni tark etib, boqiy dunyoga ketdilar. So‘nggi daqiqalargacha sog‘ayishlariga katta umid qilgandik, Allohdan tinimsiz ular uchun sog‘lik, umr so‘radik, lekin Allohning buyurganidan qochib bo‘lmas ekan. Joylari jannatda bo‘lsin, ilohim”, — deb yozadi aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva.
Hech bir insonni juftidan ayrilmasin ekan, Bugun 31 avgust opam Gulirano Ma’sudovaning tavallud ayyomlari, 51 yoshni qarshiladilar, ayni shu kunda ular va biz uchun Allohdan katta sinov, Sabrimizni toblantiruvchi xodisa bo’ldi, pochchajonim Fatxulla Ma’sudov 57 yoshlarida foniy dunyoni tark etib, boqiy dunyoga ketdilar. So’nggi daqiqalargacha sog’ayishlariga katta umid qilgandik, Allohdan tinimsiz ular uchun sog’lik umr so’radik, lekin Allohni buyurganidan qochib bo’lmas ekan. Joylari jannatda bo’lsin ilohim ????????
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham aktyorni iliq so‘zlar bilan yodga olib, uning yaqinlariga sabr tiladi.
?амдардлик Ўзбек санъати о?ир жудоликка учради Омонат дунёнинг яна бир ?ай?ули хабари ?албларимизни ?атти? жаро?атлади! Хал?имизнинг ардо?ли, севимли фарзанди, чин маънодаги юксак маданият, маънавият эгаси, санъатимизнинг ёр?ин юлдузи Фатхулла Маъсудов о?ир хасталикдан вафот этди. Минг афсуслар бўлсинки, шу кунгача Ўзбек Миллий академик драма театри директори лавозимида ишлаб келаётган Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист, “Шу?рат” медали, “Ме?нат шу?рати ордени” со?иби бўлган фидойи санъаткоримиз ?ам ёвуз коронавирус туфайли айни ?из?ин фаолият палласида, 57 ёшида бизни тарк этди. Фатхулла Маъсудов нафа?ат ма?оратли актёр, балки самимий дўст, ме?рибон, жонкуяр ра?бар сифатида жуда ?адрли эди. Жамоадошларига бўлган ме?р-о?ибати барчанинг кўнглида эзгулик чиро?ини ё??ан ижодкорнинг ўлими касбдошлари учун о?ир йў?отиш бўлганини ?ис этиш на?адар аламли. Аммо бевафо дунёнинг энг о?ир мусибати — ўлимга даво йў? экан. Энди ?олганларнинг омонлигини сўрашдан бош?а иложимиз йў?. Ўзбекистон санъати ва маданияти ба?рини ?увиллатиб кетган оташин санъаткорнинг, севимли Фатхулла Маъсудовнинг вафоти муносабати билан мар?умнинг оила аъзолари, я?инлари ва касбдошларига чу?ур таъзия из?ор этамиз. Азиз инсонимизнинг порло? хотираси ?албларимизда мангу яшайди. Ўзбекистон Республикаси Маданият вазири Озодбек Назарбеков
So‘z ustasi Shukrullo Isroilov Fathulla Mas’udovni oqibatli va rahmdil inson sifatida eslamoqda.
Жуда хам яхши инсон эдилар. Самимий окибатли ва рахмдил инсон эдилар. ????????Аллохим рахматинга олгин. Жойлари жаннатларда булсин. Амииииин ????????????????
Xonanda Madina Mumtoz Fathulla Mas’udov haqidagi xotiralarini ta’sirli tarzda bayon etdi.
Bu habarni eshitib g'alati bo'lib kettim ... Sababi bolaligim asosan teatrda o'tgan . Onam bilan bir qatorda ijod qilgan ijodkorlar huddi oilamiz a'zosidek va hattoki ulardanam yaqinroq edi manga . Fathulla aka mani " Liftda qamalib qoladigaaan " deb erkalatardilar ko'rganlarida . Bunga sabab bir safar teatr liftida qamalib qolganman , chamasi 6-8 yosh edim . Shundan beri qachon ko'rib qolsalar liftda qamalib qoladigaaan deb erkalatardilar . Fathulla aka judayam kuchli aktyor edilar . Komedik rollarni improvizaciya qilardilar , dramatik rollarni esa maromiga yetkazardilar . Hayotta esa judayam oqibatli inson edilar ???? Teatrda hamkasblaridan kimdir betob bo'lsa darrov ko'rgani borardilar , ko'ngil ko'tarishni bilardilar . Onam betob bolganlarida ko'rgani keldilar . Onam endi oyoqqa turamanmi yoqmi deb yig'ladilar . Yig'lama Ra'no hali yuribam ketasan yuguribam ketasan dedilar . Chekkan dardu azobing gunohlaringga kafforot bo'lsin , unaqa nolimagin dedilar ???? Fathulla akani chekkan dardu azoblari ilohim gunohlariga kafforot bo'lib , ohiratlari obod bo'lsin . Inna lillahi va inna ilayhi rojiun ???? Oilamiz nomidan GuliRa'no opamga , farzandlari va barcha yaqinlari , do'stlari va muhlislariga Allahdan sabr tilaymiz ...
“Fathulla Mas’udovning so‘nmas xotirasi qalbimizda mangu yashaydi”, — deb yozdi O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov.
O'zbek teatr san'atining yorqin namoyondasi, O'zbekistonda hizmat k?rsatgan artist Fathulla Ma'sudov bu yorug' olamni tark etdi! Fathulla akamizni ALLOH rahmatiga olgan b?lsin. Uning s?nmas xotirasi umrbod qalbimizda yashaydi!
O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov ham hamkasbini iliq so‘zlar bilan esladi.
Узбек театри, киноси, дубляж санъатида уз номи, урнига эга булган, халкимиз ардогидаги яна бир ёркин истеъдодли санъаткор, махоратли касбдошим, самимий, оккунгил, олижаноб инсон Фатхулла Маъсудов юртимизга кириб келган огир хасталикка дучор булиб, фоний дунёни тарк этди. Фатхулла бир неча йиллардан буён Миллий театр директори сифатида юксак рахбарлик кобилиятини хам намоён этиб келаётганди. Бу хакикатдан огир жудолик!.. Аллох жаннатдан жой ато этиб, охиратини обод килсин! Ортида колган якинларига сабру жамил ато этсин!#ErkinKomilov . #UzbekistonXalqArtisti #SuvYoqalab #Girdob #Ustoz #actor #teatr #kino #milliyTv #sevimliTv #ZorTv #milliyteatr.#birgayengamiz #birgakuchlimiz#uyda_qoling #birmiz
Taniqli shoir Bobur Bobomurod Fathulla Mas’udovning o‘limidan qayg‘uda ekanligini bildirdi. “Naqadar azobli ayriliq daf’i, siyraklashib borar do‘stlarning safi”, — deb yozdi shoir.
На?адар азобли айрили? даъфи, Сийраклашиб борар дўстларнинг сафи... Алло? ра?матига олсин, дўстим... Дийдор энди ?иёматда... Эсиз, эсиз... (2020.30.8. Бугун Муста?иллик объектларида бўлиб, катта ру?ият, таассуротлар билан ?айтгандим. Фат?улла ака ?а?идаги шумхабар мени мувозанатдан чи?ариб юборди...) @bobur_bobomurod
Taniqli xonanda Tojibar Azizova Fathulla Mas’udovni o‘ta oilaparvar inson sifatida yodga oldi.
???????? Бир вактда олийгохда укиган эдик... Жуда хам яхши инсон эдилар... Ёшу катталарга бирдек хурматда булган инсон эдилар... Жуда хам оилапарвар инсон эдилар... Улим хак...????????. Лекин уларнинг киладиган ишлари куп эди... ????????.
Anvar Sobirov Fathulla Mas’udov bilan tushgan arxiv suratlari bilan bo‘lishdi.
Ustoz oxiratingiz obod bo‘lsin, yorqin xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi, doim duolarimizdasiz ????????????????
Yosh aktrisa Durdona Qurbonova aktyorni yaxshi xotiralar bilan eslashini yozib qoldirdi.
Joyiz jannatda bosin ???????? ???? Sizni hardoim yaxshi hotiralar bilan eslab duodamiz????????
Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov aktyorning yaxshilik qilishga undovchi so‘zlarini hech qachon unutmasligini yozib qoldirdi.
,,Yorqinxo'ja insonlarga faqat va faqat yaxshilik qilaver, kam bo'lmaysan..." bu gaplar bir umr qulog'imda va qalbimda qoladi! Joyingiz jannatdan bo'lsin qalbi daryo, boshidan to oyog'ining uchchigacha faqat va faqat yaxshilikdan iborat Fathulla aka Ma'sudov!
Fathulla Mas’udov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan, 2003-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
2020-yil O‘zbek milliy akademik drama teatri uchun og‘ir keldi. Teatr ketma-ket bir necha og‘ir judolikka uchradi. Xususan, 17-iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi. 25-avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida vafot etdi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
