» » Ijtimoiy tarmoq orqali qozoqlarni haqorat qilgan xorazmlik aka-uka qilmishidan pushaymon bo‘lib, uzr so‘radi (video)

Ijtimoiy tarmoq orqali qozoqlarni haqorat qilgan xorazmlik aka-uka qilmishidan pushaymon bo‘lib, uzr so‘radi (video)


Ijtimoiy tarmoqlar orqali qozog‘istonliklarni haqorat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida tarqalgan videolavha ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Unda o‘zbekistonlik ikki yigit mast holatda qozog‘istonlik fuqarolarning sha’niga tegadigan darajada, kurakda turmas so‘zlarni aytgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida bu shaxslarning kimligi aniqlangan. Ular Xorazm viloyatida yashovchi aka-ukalar bo‘lib, ilgari Qozog‘istonda ishlashgan. Hozirgi vaqtda Rossiyada mehnat qilmoqda.

O‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ular o‘z ishidan pushaymon ekanini, o‘sha paytda mast holda bo‘lgani sababli, oqibatini o‘ylamasdan so‘zlaganini bildirib o‘tgan.

Ushbu ikki nafar erkak qozog‘istonliklardan uzr so‘ragan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют