» » Huawei kompaniyasi Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi

Huawei kompaniyasi Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi


O‘zbekiston bundan 29 yil oldin Mustaqillik yo‘liga qadam qo‘ygan edi va shu davr davomida mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi borasida juda katta yutuqlarga erishildi. Huawei kompaniyasi esa respublikada 20 yildan beri o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda va bu ham oz muncha muddat emas. O‘tgan mana shu yillar davomida kompaniya O‘zbekistonning AKT infratuzilmasini rivojlantirish va mustahkamlashda o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda C&C08 uskunalarini yetkazib berish va Toshkent shahrida avtomat telefon stansiyalarini kengaytirish bo‘yicha ilk loyihalardan tortib 2G, 3G, 4G tarmoqlarini o‘rnatish bo‘yicha barcha aloqa operatorlari bilan hamkorlik qilishgacha bo‘lgan aloqa tarmoqlarini rivojlantirish ishlarida, shuningdek, beshinchi avlod aloqalarini ishga tushirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etdi.Muhim loyihalarni amalga oshirish 2000-yilda boshlangan edi, ammo birinchi vakolatxona 1999-yilda ochilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda kompaniya ofisida besh kishi faoliyat yuritar edi. Dastlabki yillarda Huawei xodimlari ofis anjomlarini sotib olishdan tortib, uskunalarni o‘rnatishgacha bo‘lgan barcha ishlarni o‘zlari bajarishgan. Bugungi kunga kelib esa, Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining 300 dan ortiq xodimlariga ega bo‘lish bilan birga, o‘z faoliyatini amalga oshirish borasida ko‘plab pudratchilar va yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilmoqda.

Uzoq vaqt davomida bizning kompaniyamiz faoliyati faqatgina AKT sohasida bevosita band bo‘lgan odamlargagina ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, Huawei kompaniyasi har doim AKT ko‘rgazmalarining faol ishtirokchisi, shuningdek, O‘zbekistonda IT mutaxassislarining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar va treninglar tashkilotchisi bo‘lib kelgan. Biz 2007-yilda AKT ko‘rgazmasi paytida amalga oshirilgan birinchi 3G qo‘ng‘irog‘i yoki nafaqat O‘zbekiston mutaxassislari, balki qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar ham ishtirok etgan WiMax & IMS Road Show tadbiri doirasida olib kelingan birinchi ko‘rgazma konteyneri kabi xotirada qoluvchi lahzalarni hanuzgacha qadrlaymiz. Bizning brendimiz 2011-yil Huawei smartfonlari O‘zbekiston bozorida ilk marta paydo bo‘lgandan boshlab keng doiradagi foydalanuvchilarga ma’lum bo‘ldi.

Bugungi kunga kelib, biz O‘zbekistonning ko‘plab o‘quv muassasalari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldik va biz ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ish olib borishga va mamlakatimiz yoshlarining axborot texnologiyalarini o‘rganishga astoydil qiziqib qolishlari uchun imkoniyat yaratib berishga tayyor ekanligimizni bildiramiz. Bizning “Seeds for the Future” yoki Honor Cup 2020 musobaqasi kabi ta’lim loyihalarimiz AKT sohasidagi yosh iste’dodlarning bilim darajasini oshirish va salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan. Bizning mutaxassislarimiz va yechimlarimiz, shuningdek bulutli hisoblash tizimlari, ma’lumotlar markazlarimiz, Sun’iy Intellekt va “aqlli” shaharlar sohasidagi to‘plagan tajribamiz doimo respublikaning butun imkoniyatlarini ochib berishga har doim tayyor. Bundan 20 yil avval bo‘lgani kabi, biz “O‘zbekiston uchun, O‘zbekiston manfaati uchun” o‘z faoliyatimizni yuritishda davom etamiz.

Huawei kompaniyasi nomidan mamlakatning barcha aholisini Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman va O‘zbekistonning yana-da ravnaq topishini va barcha ko‘zlangan maqsadlariga erishishini tilayman.

Forrest Lyu, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют