» » Shavkat Mirziyoyev so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bo‘yicha ishlar ortga qaytmasligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bo‘yicha ishlar ortga qaytmasligini aytdi


O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan barcha xalqaro majburiyatlar va kelishuvlarni to‘liq bajarib kelmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan marosimdagi nutqida ma’lum qildi.

“Taraqqiyot kushandasi bo‘lmish illat – korrupsiyaga qarshi mamlakatimizda keng ko‘lamda kurash olib borilmoqda. Shu borada yangi tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etganimiz bu masalaning dolzarbligi va doimiy e’tiborimizda bo‘lishidan dalolat beradi”, — deydi davlat rahbari.

Mavzuga doir: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishga taklif qilmoqda. Oylik o‘rtacha 10 mln so‘mni tashkil etadi

Prezident jamiyat hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini chuqur qaror toptirish, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha boshlangan ishlar ortga qaytmas tus olganini ta’kidladi.

“Barchangiz xabardorsiz, hozirgi murakkab sharoitga qaramasdan, biz zimmamizga olgan barcha xalqaro majburiyatlar va kelishuvlarni to‘liq bajarib kelmoqdamiz. Xorijiy sheriklarimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni faol rivojlantirmoqdamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident koronavirusga qarshi kurashda amaliy ko‘mak bergan BMT, JSSTga, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya, BAA, Germaniya, Yaponiya va boshqa hamkor davlatlarga o‘zbek xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yilmoqda”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют