Twitter’da 40 yoshdan oshgan ayollar o‘z suratlari bilan bo‘lishishni boshladi. Endi internet-foydalanuvchilari qarishdan qo‘rqmayapti
Twitter’da R.Nover niki ostidagi foydalanuvchi ko‘pchilik 40 yoshni qarilik va ajinlar belgisi sifatida qarashlaridan charchagani, aslida esa umuman boshqacha bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. U o‘z suratlari bilan bo‘lishib, 40 yoshli boshqalarni ham bu kabi stereotiplarni yo‘qqa chiqarishga chaqirdi.
43 yoshli ayolning posti mashhur trenga aylanib ketdi: ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘z suratlarini (yoki ota-onasining suratlarini) yuborib, yillar o‘tgan sayin inson yanada go‘zallashishini isbotlab bergan. O‘z navbatida, izoh qoldiruvchilar suratlar ostida maqtovlar yozib, tred ishtirokchilarining naqadar yosh ko‘rinishidan hayratga tushmoqda.
Mavzuga doir: Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin turmush qurgan Bollivud yulduzlari
Shuningdek, tredda ba’zi erkaklar ham ishtirok etgan.
Mavzuga doir: Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)
Manba: Daryo.uz