» » Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira.uz” sayti ishga tushirildi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira.uz” sayti ishga tushirildi


Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira.uz” sayti ishga tushirildi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar qilmoqda.

Saytda jahon maydonlarida kurashgan o‘zbekistonliklarning suratlari to‘plangan, shuningdek, ularning qahramonliklari tasvirlangan. Nihoyat, saytda Xotira va qadrlash kunini nishonlash haqidagi yangiliklar chop etib borilmoqda.

Birinchi marta bitta resursda urushning barcha tirik qahramonlari haqida ma’lumotlar to‘plandi. Loyiha mualliflari har bir faxriy haqida aniq ma’lumot topishga urindi.

Agar tashrifchilarda Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari haqida ma’lumotlar, fotosuratlar bo‘lsa, ular “Qahramonlik haqida gapirib berish” nomli forma yordamida ushbu ma’lumotlarni sayt ma’muriyatiga yo‘llashi mumkin.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan #xotirauz heshtegini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Xotira.uz” saytida “Kamolot” YoIH tomonidan 9-may simvolikasi hamda O‘zbekiston bayrog‘i tarqatiladigan punktlar haqida axborot taqdim etildi.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют