» » Samarqandda qoidani buzib to‘y o‘tkazgan oshxona ma’muriyatiga chora ko‘rildi

Samarqandda qoidani buzib to‘y o‘tkazgan oshxona ma’muriyatiga chora ko‘rildi


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, 2020-yil 29-avgust kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIBga Samarqand shahridagi Maroqand ko‘chasida joylashgan “Maroqand” oshxonasida 40 nafardan ortiq fuqaro bilan to‘y-marosimi o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Hudud profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilganda, haqiqatan ham ushbu oshxona ma’muriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligi aniqlangan.

Oshxona ma’muriyatiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 54-moddasi 2-qismi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют