» » Video: Poyga trassasida “kurashgan” Chevrolet Corvette C8, Porsche 911 va Audi R8

Video: Poyga trassasida “kurashgan” Chevrolet Corvette C8, Porsche 911 va Audi R8


YouTube’dagi Sport Auto kanali ekspertlari orqa uzatmali, o‘rta motorli sportkarlar Chevrolet Corvette C8 Stingray, Porsche 911 Carrera S (992) va yangilangan Audi R8 RWD’ni o‘zaro taqqoslab ko‘rdi. Har bir avtomobil ruliga tarjibali haydovchi o‘tirib, 3629 metrli Xokkenxaymring halqasi bo‘ylab tezkor aylanishni amalga oshirgan.

Yangi Chevrolet Corvette C8 Stingray modeliga 502 ot kuchiga 637 aylanuvchi momentga ega 6,2 litrli V8 LT2 “atmosfera” dvigateli o‘rnatilgan. Transmissiya — davriy sakkiz pog‘onali “robot”, uzatma — orqa o‘q. Yevropada Corvette Launch Edition bazaviy bo‘lmagan versiyasi 99 ming yevro turadi, Shimoliy Amerikada model narxi 60 ming dollardan boshlanadi.

Mavzuga doir: Ferrari, McLaren va Lamborghini superkarlari poyga trassasida duel uyushtirdi (video)

Porsche 911 Carrera S kapoti ostidan 450 ot kuchiga ega (530 Nm) 3,0 litrli olti silindrli motor o‘rin olgan bo‘lib, u sakkiz pog‘onali PDR “robot” uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Germaniyada mazkur model narxi 118 ming yevroda, AQShda esa — 115 ming dollardan boshlanadi.

Audi R8 RWD’ga 540 ot kuchiga ega (540 Nm) V10 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, quvvat orqa o‘qqa yetti pog‘onali “robot” orqali uzatiladi. Germaniyada model narxi 140 ming yevrodan, AQShda esa 570 ot kuchiga ega to‘liq uzatmali versiyasi 170 ming dollardan boshlanadi.

Xokkenxaymring avtodromida tajribali haydovchi aylanishlar bo‘yicha o‘zaro mos natijalarni ko‘rsatdi: eng yaxshi va eng yomon natija orasidagi farq 1,1 soniyani tashkil etdi. Ta’kidlash kerakki, Chevrolet Corvette’ga Michelin Pilot Sport 4s, Porsche 911’ga — Porelli P Zero NA1, Audi R8’ga esa — Michelin Pilot Sport Cub 2 A0 pokrishkalari “kiygizilgan”.

Mavzuga doir: Video: “O‘qlangan” Audi, BMW va Volkswagen krossoverlari poyga maydonchasida kuch sinashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют