» » Xitoy Superligasi. “Shanxay SIPG” autsayderni yirik hisobda yengdi, Odil Ahmedovdan super gol (video)

Xitoy Superligasi. “Shanxay SIPG” autsayderni yirik hisobda yengdi, Odil Ahmedovdan super gol (video)


Futbol bo‘yicha Xitoy Superligasining 8-turida “Shanxay SIPG” 31-avgust, dushanba kuni “Tyanszin Teda”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Odil Ahmedov burchakdan uzatilgan to‘pga jarima maydoni tashqarisidan to‘xtatmasdan zarba bergan holda super gol muallifiga aylandi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Xalk Ahmedovning uzatmasidan keyin shanxayliklarning ikkinchi golini urdi. Tanaffus arafasida hisob qisqarishi mumkin edi, biroq mehmonlar penaltidan unumli foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari yana ikki bor raqib darvozasiga yo‘l topa oldi. 72-daqiqada Oskarning uzatmasidan so‘ng Marko Arnautovich hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib braziliyalik yarim himoyachi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Jao Xunlyue hisobni qisqartirdi.

“Shanxay SIPG” ochkolarini 20 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni saqlab turibdi. “Tyanszin Teda” (1) esa so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Xitoy Superligasi

8-tur bahsi

31-avgust, dushanba

Gollar: 1:0 – 29 Ahmedov, 2:0 – 45 Xalk, 3:0 – 72 Arnautovich, 4:0 – 82, penalti Oskar, 4:1 – 90+2 Jao Xunlyue.

“Shanxay SIPG”: Yan Szyunlin, Fu Xuan, Yuy Juy (Xe Guan, 62), Vey Jen, Van Shenchao, Arnautovich (Szya Boyan, 83), Oskar, Lyuy Venszyun, Ahmedov (Lin Chuan’i, 62), Yan Shiyuan, Xalk (Rikardo Lopes, 62).

“Tyanszin Teda”: Ten Shankun, Jao Xunlyue, Bay Yuefen (Tan Vansun, 46), Jen Kaymu, Jun Xao, Lyu Yan, Lyu Jofan, Bastians, Jao Insze, Achimpong, Jonatan.

Ogohlantirishlar: Lyu Yan (39), Oskar (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют