» » Mustaqillik kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Mustaqillik kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ularda O‘zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida erishgan muvaffaqiyatlari, mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirish, respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari e’tirof etilgan.

Maktublarda Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilib, xalqaro hamjamiyat oldida turgan umumiy global xatarlar tez fursatda yengib o‘tilishiga ishonch bildirilgan.

Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llaganlar qatoridan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Szinpin, AQSh prezidenti Donald Tramp, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va Germaniya prezidenti Frank Valter Shtaynmayer ham o‘rin olgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlari rahbarlaridan ham tabriklar kelgan. Xususan, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ham Shavkat Mirziyoyevga bayram tabriklarini yo‘llagan.

Bundan tashqari, quyidagilar ham O‘zbekiston Prezidentiga o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar va jamoat arboblarining qutlovlari kelishi davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi. Majmuadagi ramziy qabr yonida qatag‘on qurbonlari ruhlariga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilindi.Shundan so‘ng, davlat rahbari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi, Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют