» » Google va Facebook AQShdan Gonkonggacha bo‘lgan dengiz osti kabellarini yotqizish rejasidan voz kechdi

Google va Facebook AQShdan Gonkonggacha bo‘lgan dengiz osti kabellarini yotqizish rejasidan voz kechdi


Google va Facebook AQSh hamda Gonkong o‘rtasida dengiz osti internet kabelini (Pacific Light Cable Network, PLCN) yotqizish rejasidan voz kechdi, deya xabar bermoqda Meduza Bloomberg nashriga tayanib.

Kompaniyalar AQSh Federal aloqa komissiyasidan (AFAK) o‘z arizalarini qaytarib oldi va yangisini taqdim etdi. Yangi arizalarga ko‘ra, endi suv osti kabellari Tayvan va Filippin bilan aloqalarni ta’minlaydi.

Ta’kidlanishicha, AQSh razvedka xizmati va AQSh Adliya vazirligi iyun oyida AFAKdan kompaniyalarning birinchi arizalarini rad etishni so‘ragan. Chunki Gonkong bilan aloqa kanali Xitoyga amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini olish imkoniyatini beradi. Maxfiy xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Gonkongning Pacific Light Data kompaniyasi Xitoy razvedkasiga tegishli hisoblanadi.

AFAK komissari Jeffri Starks ushbu fikrga qo‘shilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya ma’lumotlar xavfsiz va himoyalangan bo‘lishini ta’minlashi kerak.

Alphabet vakili (Google kompaniyasining bosh kompaniyasi) Bloomberg’ga kompaniya “tasdiqlangan kanallar orqali” ishlashni davom ettirayotganini aytgan. Facebook vakili esa jurnalistik so‘rovini AFAKga yo‘naltirgan.

Financial Times nashri iyun oyida Google PLCN loyihasida Singapurni Gonkongga alternativ sifatida ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, PLCN loyihasi 300 million dollarga baholanmoqda. Kabel AQSh va Xitoy o‘rtasida ma’lumot uzatishni sezilarli darajada tezlashtirish uchun xizmat qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют