» » Shavkat Mirziyoyev: “Juda ko‘p-ko‘p ishlarimiz to‘siqlarga, joylardagi noinsofgarchiliklarga duch kelmoqda” (video)

Shavkat Mirziyoyev: “Juda ko‘p-ko‘p ishlarimiz to‘siqlarga, joylardagi noinsofgarchiliklarga duch kelmoqda” (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust, dushanba kuni mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir yakunida mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarning samardorligiga ta’sir qilayotgan omillar haqida gapirdi. Shuningdek, davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga e’tborsiz bo‘lmaslikka chaqirdi.

Bizga bitta narsa kerak: rahbarlarning oyog‘i uzilmasdan, boshlagan ishlarimizni halol-poklik bilan davom ettirsak, kam bo‘lmaymiz.

Ko‘p illatlarni unutishimiz kerak. Qiyin bo‘lyapti. Hokimlarimizga xalqning ichiga kir, xalqning oldiga bor, odamning dardini eshit, mana shu dardini, qo‘lingdan kelmasa, yaxshi gap bilan, qo‘lingdan kelsa, ish bilan amalda ko‘rsat, deb juda ko‘p harakat qilyapmiz.

Lekin besh qo‘l baravar emas. Juda ko‘p-ko‘p ishlarimiz to‘siqlarga, joylardagi noinsofchiliklarga duch kelmoqda. Hali ko‘p ijro organlari rahbarlari bunaqa ochiqlikka tayyor emas. Bu — ochiq O‘zbekiston.

Virus yonimizda yuribdi. Mana, Milliy teatrimizning rahbari vafot etdi. Rosa harakat qildik, ming afsus, asrab qololmadik. Shu voqealardan keyin ko‘zimga hech uyqu kelmadi. O‘zimizga ko‘p narsa bog‘liq. Ehtiyot bo‘lib, shifokorlar aytganini qilaylik.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shuningdek, Prezident mazkur tadbirda pandemiya davrida o‘zbek xalqi tom ma’noda qudratli kuchga aylangani haqida aytib o‘tdi. Davlat rahbari vaqti kelib o‘qituvchilar oyligi 1000 dollarga yetkazilishini bildirdi, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bo‘yicha ishlar ortga qaytmasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 30-avgust kuni 57 yoshida koronavirus oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют