» » Uy sharoitida qanday qilib yogurt tayyorlash mumkin? Bu juda oson

Uy sharoitida qanday qilib yogurt tayyorlash mumkin? Bu juda oson


Probiotiklarga boy bo‘lgan, uyda sharoitida tabiiy tayyorlanadigan yogurt tarkibidagi nordon sut bakteriyalari sabab uning iste’molidan keyin ichaklar mikroflorasi yaxshilanadi. Qolaversa, immunitet hamda suyaklarni mustahkamlash xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur mahsulot vazn tashlamoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao. Uyda tayyorlangan yogurt asosan ikki mahsulot: sut va achitqi o‘rin olishi kerak, qolgani esa fantaziyangizga bog‘liq. Ta’bga qarab meva, yong‘oq, rezavor va pista qo‘shish, istalsa salat yoki ko‘kat va sarimsoq aralashtirib go‘shtli taomga sous tayyorlash ham mumkin.

Yogurtni uy sharoitida tayyorlash oson va qimmatga tushmaydi.

Kerakli mahsulotlar: sut, achitqi.

Sut qanday bo‘lishi kerak?

Sut tabiiy va boshqa qo‘shimchalarsiz bo‘lishi kerak. Agar bunday sutdan foydalanishning iloji bo‘lmasa, do‘kondan pasterizatsiyalangan, tarkibida yog‘ 3,2 foizdan kam bo‘lmagan sut xarid qilish kerak. Yogurtning konsistensiyasi unga qancha miqdorda sut qo‘shilganiga bog‘liq bo‘ladi: sut qancha kam bo‘lsa, yogurt shuncha quyuq bo‘ladi.

Achitqi

Achitqi ikki xil — quruq va suyuq holda bo‘lishi mumkin. Ularning har ikkisining farqi unchalik bo‘lmagani bilan suyuq achitqi yaroqlilik muddati tugashiga yaqin ta’sirini yo‘qotadi. Shuning uchun ham quruq achitqidan foydalanish tavsiya qilinadi. Flakon yoki idishlarga solingan quruq achitqini do‘kon yoki dorixonalardan xarid qilish mumkin. Bitta flakondagi achitqi odatda 1-3 litr sutga yetadi.

Qanday tayyorlanadi?

Tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararli bakteriyalarni o‘ldirish uchun sutni qaynatib olish shart. 1-3 litr sutni 37-40 daraja haroratda pishirib oling, keyin esa sovuting. Achitqini qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Aralashma solingan idishni ko‘rpaga o‘rab, issiqroq joyga 8-10 soatga qo‘ying. Tayyor bo‘lgan yogurtdan keyingi yogurt uchun achitqi sifatida ham foydalansa bo‘ladi.

Achitqi o‘rniga tayyor holdagi ortiqcha qo‘shimchalarsiz bo‘lgan yogurt yoki smetana ishlatsa ham bo‘ladi. Buning uchun 1litr sutga bir osh qoshiq smetana qo‘shish va aralashmani yuqorida ta’kidlanganidek issiq joyga qo‘yish kerak bo‘ladi.

Termosda tayyorlash uchun

Kerakli mahsulotlar: 1 litr sut, 200 gr tabiiy yogurt.

Tayyorlanish jarayoni:

Sutni 38-40 daraja haroratda pishiring. Termosni yaxshilab yuvib, qaynagan suv bilan chaying. Suv soling va 1-2 daqiqa ichida qoldirib, keyin to‘kib tashlang. 100 gr sutga yogurtni aralashtiring. Keyin sutning qolgan qismini qo‘shing va yana aralashtiring. Aralashmani termosga soling va 6-8 soatga ustini yopib qo‘ying. Tayyor yogurtni idishga solib, 8 soatga muzlatkichga qo‘ying.

Esda tuting: Achitqi qo‘shilgan yogurtni uzoq vaqt saqlamaslik kerak. Vaqt o‘tganidan keyin u ta’mini yo‘qotib boradi. Uy sharoitida tayyorlangan yogurtni 3-4 kundan ortiq saqlab bo‘lmaydi. Meva, murabbo, asal, yong‘oq va rezavorlarni iste’moldan avval qo‘shish kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют