» » Lionel Messi La Liga startidan keyin ham “Barselona”ga qaytmasligini ma’lum qildi

Lionel Messi La Liga startidan keyin ham “Barselona”ga qaytmasligini ma’lum qildi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messining katalon klubini tark etishi ehtimoli oshib bormoqda.

Marca’ning xabar qilishicha, argentinalik futbolchi endi o‘zini bu klubning a’zosi sifatida ko‘rmayapti. Shu sabab Messi “Barselona” yig‘iniga bormayapti. Leo La Liga mavsumining boshlanishida ham jamoaga qaytmasligini “Barselona” rahbariyatiga ma’lum qilgan.

Futbolchi “Barselona”ning 31-avgust kungi mashg‘ulotlarida qatnashmagan. Messining bu harakatlari to‘xtamaydigan bo‘lsa, hujumchiga jiddiy choralar ko‘rilishi mumkin: 11—30 kun oralig‘ida klub tasarrufiga kelmaslik oylik maoshning 25 foizigacha bo‘lgan miqdordagi jarimaga sabab bo‘ladi.

Biroq, ayni damda “Barselona” rahbariyati Messini yana ham g‘azablantirmaslik uchun jarima belgilamoqchi emas. Ularda vaziyat o‘zgarishi va Messi klubda qolishga qaror qilishiga umid bor.

Avvalroq La Liga Messining shartnomasini 700 million yevro tovon puli to‘lamasdan bekor qilib bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:

Avvalroq “Manchester Siti” Lionel Messi uchun asosiy da’vogar ekani xabar qilingandi. Shuningdek Messining o‘zi ham kelajagini “shaharliklar” bilan qurmoqchi.

Messi 2019/20-yilgi mavsumda “Barselona” safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 24 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют