» » O‘zbekistonda bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi tasdiqlandi


Vazirlar Mahkamasining “Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi:

Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, bojxona auditining maqsadi:

Bojxona auditi maqsadlaridan kelib chiqib, u quyidagi vazifalarni qamrab oladi:

Bojxona auditi vakolatli shaxslarini tanlash bojxona organlarining axborot dasturlari ma’lumotlari tahlili, bojxona organlarining tarkibiy tuzilmalari, boshqa tashkilot hamda idoralardan kelib tushgan axborot va ma’lumotlar, shuningdek, xavf ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Bojxona auditi uchun tanlangan mazkur vakolatli shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ma’lumotlari monitoring qilish natijalariga ko‘ra qayta tanlab olinishi mumkin.

Bojxona auditi quyidagi vakolatli shaxslarga nisbatan o‘tkaziladi:

1) deklarant;

2) tashuvchi;

3) bojxona ombori bo‘lmagan joylarda tovarlarni bojxona nazoratida saqlayotgan shaxs;

4) bojxona omborlari, boj olinmaydigan savdo do‘konlari va erkin ombor egalari;

5) tovarlarga nisbatan ular chiqarib yuborilganidan keyin ularni qabul qiluvchi va (yoki) sotib oluvchilar;

6) vakolatli iqtisodiy operator;

7) tovarlar chiqarib yuborilgandan so‘ng tovarlar bo‘yicha tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat shartnomasida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan shaxslar;

8) vakolatli shaxsning o‘rniga barcha moliyaviy va huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan shaxslar.

Bojxona auditini amalga oshirish jarayonida zarurat bo‘lganda maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, manfaatdorligi bo‘lmagan mutaxassis jalb qilinishi mumkin.

Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lishi tugagan paytdan e’tiboran uch yil davomida amalga oshirilishi mumkin.

Vakolatli shaxsning aynan bir tovariga nisbatan takroriy bojxona auditi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bojxona auditi maqsadlaridan kelib chiqib bojxona auditi kameral va sayyor shaklda o‘tkazilishi mumkin.

Bojxona auditini o‘tkazish ko‘rsatilgan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

Nizomda belgilangan tartibda o‘tkazilgan bojxona auditi natijasi bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va qaror qabul qilinadi hamda BOJXONA AUDITI avtomatlashtirilgan axborot tizimida qayd etib boriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют