» » Samarqandlik er xotinining joniga qasd qilib, uyini yoqib yubordi

Samarqandlik er xotinining joniga qasd qilib, uyini yoqib yubordi


Samarqand viloyatida yashovchi er-xotin o‘rtasidagi janjal xonadon bekasi vafot etishi bilan yakunlandi. Bu haqda Zo‘r TV telekanalidagi informatsion dasturda xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar Yong‘in xavfsizligi xizmatiga murojaat “Xo‘jasoat” MFYda 122-uy yonayotgani xabari kelib tushadi. Yong‘in-qutqaruv bo‘limi xodimlari hovliga kirganda, xonadonda ayol jasadi aniqlanadi. So‘ngra tegishli organlarga bu haqda xabar qilingan.

Aniqlanishicha, bu uyda yashovchi er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjal oqibatida er xotinini joniga qasd qilgan. So‘ngra benzin yordamida uyiga o‘t qo‘ygan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokurori tomonidan fuqaro Mo‘minov Mo‘minjon Gulyamovichga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. 2020-yil 10-avgust kuni Mo‘minov Mo‘minjon gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan.

Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, gumonlanuvchi 20 yil ilgari ham Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan sudlangan. U o‘shanda yonidagi pichoqcha bilan xotiniga tan jarohati yetkazgan va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Gumonlanuvchiga nisbatan 2020-yil 11-avgust kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb e’lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 42) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют