» » G‘ijduvonda Cobalt 63 yoshli mast holatdagi fuqaroni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan

G‘ijduvonda Cobalt 63 yoshli mast holatdagi fuqaroni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida Cobalt rusumli avtomobil yo‘ldan o‘tayotgan 63 yoshli erkakni urib ketdi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 21-avgust kuni soat 22:50 larda G‘ijduvon tumanidan o‘tgan 4P-160 sonli avtomobil yo‘lining 23 kilometrida yo‘ldan harakatlanib borayotgan Cobalt avtomashinasi tungi vaqtda mast holda yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda avtomobil yo‘liga birdaniga chiqib qolishi natijasida uni urib yuborgan.

Jabrlanuvchi kuchli jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan va o‘sha yerda vafot etgan.

Tumanda sodir bo‘lgan ushbu YTHdan so‘ng ushbu tumanda nazorat tadbirlari yanada kuchaytirilgan. Tezlikni nazorat qiluvchi ikkita onlayn ishlovchi ko‘chma radar o‘rnatildi. Yo‘l belgilari va chiziqlari to‘liq soz holatga keltirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют