» » Parij shahri politsiyasi taniqli aktyor Jerar Depardyening skuterini musodara qildi

Parij shahri politsiyasi taniqli aktyor Jerar Depardyening skuterini musodara qildi


Parijda politsiyachilar aktyor Jerar Depardyening skuterini musodara qildi. Bunga taniqli aktyor skuterni mast holda boshqargani sabab bo‘lgan. Yulduzni komissariatdan tanishlari olib ketgan, deb yozadi Le Point.

Depardye svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab stop-chiziqdan o‘tib ketib, tartib posbonlari e’tiborini o‘ziga tortgan.

Huquq-tartibot xodimlari aktyorda mastlik alomatlarini payqab, unga test topshirishni taklif qilgan. Test esa uning qonida belgilangan normadan yuqori alkogol borligini ko‘rsatgan. Depardye rulga o‘tirishdan oldin bir necha bokal pivo ichganini tan olgan.

Politsiyachilar yulduzga harakatni davom ettirish uchun ruxsat bermagan va skuterni musodara qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют