» » Ekvadorlik er-xotin dunyodagi eng keksa juftlik sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Ekvadorlik er-xotin dunyodagi eng keksa juftlik sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi


Ekvadorlik Xulio Mora va Valdramina Kvinteros dunyodagi eng keksa er-xotin deb topildi. Avgustda turmush qurganiga 79 yil bo‘lgan juftlik Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, Xulio va Valdramina tarixda eng uzoq vaqt birga umr kechirgan juftlik emasligiga qaramay, ularning umumiy — 214 yoshi sabab kitobga kiritilgan. Mora — 110, Kvinteros esa 104 yoshda.

Juftlik 1941-yilda ota-onasining qarshiligi sabab yashirincha turmush qurgan. U vaqtda kuyov 31, kelin esa 26 yoshda bo‘lgan. Butun umri davomida o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borgan er-xotinning 5 nafar farzandi, 11 nabirasi, 21 evara va 1 chevarasi bor, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 65) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют