» » Tramp: “Prezidentlik saylovida Bayden g‘alaba qozonsa, AQShda inqilob bo‘ladi”

Tramp: “Prezidentlik saylovida Bayden g‘alaba qozonsa, AQShda inqilob bo‘ladi”


Agar AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijasida Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden hokimiyatga kelsa, mamlakatda inqilob boshlanishi mumkin. Bu haqda amaldagi prezident va Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Fox News’ga bergan intervyusiga tayanib, RBK xabar qildi.

“Bayden zaif odam. U qo‘g‘irchoq kabi boshqariladi. Bu (AQShda) keskinlikning pasayishiga olib kelmaydi, ular (radikal kuchlar) shunchaki g‘alaba qozonib, shaharlaringizni o‘z nazoratiga oladi. Bu inqilob bo‘ladi”, – dedi prezident.

Uning fikricha, aksariyat odamlar bunday saylov natijalarini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Tramp Baydenni kim boshqaradi deb o‘ylaysiz, degan savolga prezident aniq odamlarning ismini aytishdan bosh tortdi.

“Siz hech qachon eshitmagan odamlar, soyada qolib ketadigan odamlar, ko‘chalarda norozilik namoyishlarini boshqaradigan odamlar”, – dedi Tramp.

Oldinroq Fox News telekanaliga bergan yana bir intervyusida Tramp Bayden saylovda g‘alaba qozonsa, Xitoy AQShni egallab olishini aytgandi. Prezident Xitoy Baydenga egalik qiladi deb o‘ylaydi va shuning uchun uning yutqazishini istayotganini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida Bayden Trampni odamlarda nafratni qo‘zg‘atishda va Amerika jamiyatida zo‘ravonlikni rag‘batlantirishda aybladi.

“Agar prezident Tramp jamiyatimizdagi nafrat va bo‘linish alangasini yoqishda davom etsa hamda qo‘rquv siyosatidan o‘z tarafdorlarini qo‘zg‘ashda foydalansa, nima bo‘ladi deb o‘ylaysiz? U o‘ylamasdan zo‘ravonlikni rag‘batlantiradi”, – dedi Bayden.

Shuningdek, Baydenning fikricha, Tramp hokimiyatni boshqargan davrda jamiyatdagi ziddiyatlar kuchaygan va bo‘linishlar ko‘paygan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют