» » JSST koronavirusni nazorat qilmasdan cheklovlarning bekor qilinishi falokatga olib kelishidan ogohlantirdi

JSST koronavirusni nazorat qilmasdan cheklovlarning bekor qilinishi falokatga olib kelishidan ogohlantirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti karantindan so‘ng mamlakatlarning ochilishini qo‘llab-quvvatladi, biroq falokatning oldini olish uchun ehtiyot choralariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

“JSST iqtisodiyot va jamiyatlarning ochilish borasidagi harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Biz bolalar qanday qilib maktablarga, odamlar esa — o‘z ish joyiga qaytayotganini ko‘rishni istaymiz. Biroq biz bu xavfsizlikda amalga oshirilayotganini ko‘rmoqchimiz. Shu bilan birga, biror davlat o‘zini pandemiya yakunlanganidek tuta olmaydi. Haqiqat shuki, koronavirus qiyinchiliksiz tarqalmoqda”, — deydi JSST rahbari.

Gebreyesusning ta’kidlashicha, davlatlar koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni qanchalik yaxshi nazorat ostiga olsa, shuncha cheklovchi choralarni yechishi va ochilishi mumkin. “Nazoratsiz ochilish — bu falokat retsepti”, — deydi JSST rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat, jamiyat va odamlar normal hayotga qaytishdan oldin kamida to‘rtta qadamni amalga oshirishi kerek:

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus insoniyat koronavirusni kamida 2 yil muddatda yengishga qodir, degan fikrni bildirgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют