» » Birinchi yordam: Burun qonaganda, kuyib qolganda va sinish jarohatida nima qilish yoki qilmaslik kerak?

Birinchi yordam: Burun qonaganda, kuyib qolganda va sinish jarohatida nima qilish yoki qilmaslik kerak?


Jarohat olgan insonga yordam beraman deb uning ahvoli yomonlashishiga sababchi bo‘lib qolmaslik kerak. Ilk yordamning birinchi qoidasi tez, asosiysi esa to‘g‘ri harakatlanish hisoblanadi.

Burundan qon ketganda:

Xato: Boshni orqaga egish qonning to‘xtashiga hech qanday yordam bermaydi, bundan tashqari qon yutish kuzatilib, qayt qilishga olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Boshni biroz oldinga egish va burunni ushlab turish kerak. Burunning yuqoriroq qismiga muz qo‘ysa ham bo‘ladi. Agar 10 daqiqa davomida qon ketish to‘xtamasa, paxtadan tampon yasab, burunga qo‘yish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Kuyish

Xato: Kuygan sohaga muz qo‘yish yoki yog‘ surtish kerak emas. Yog‘ surtilganidan keyin hujayralarda issiqlik saqlanib, og‘riq kuchayishiga sabab bo‘ladi. Muz esa hujayralarni haddan ortiq sovitishi va oqibati yaxshi bo‘lmasligi mumkin.

Nima qilish kerak?

Kuygan sohani sovuq (muzdek bo‘lmagan) suvga bir necha daqiqa davomida tutib turing. Keyin toza va quruq bog‘ich bilan o‘rang va tibbiyot muassasasiga murojaat qiling.

Og‘ir jarohat

Xato:

Og‘ir jarohatlangan bemorni agar yong‘in yuz bergan hudud bo‘lmasa, joyidan qimirlatishga yoki boshqa joyga o‘tkazishga urinmang. Shundoq ham og‘ir ahvolda bo‘lgan bemorning holati harakatlaringiz oqibatida yomonlashishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Zudlik bilan tez yordamga qo‘ng‘iroq qiling. Shifokorlar bemor oldiga yaqinlasha olishlari va vaqt yo‘qotilmasligi uchun jarohat olgan odam atrofini bo‘shating.

Kesish va jarohat olish

Xato: Kesilgan yaraga tupuk surtish kerak degan maslahatni eshitgan bo‘lsangiz, uni unuting. Og‘izda yara yoki jarohatga tushganidan keyin uni yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar ko‘p bo‘ladi. Daryo yoki ko‘l suvida yarani yuvmaslik kerakligining sababi ham aynan o‘sha bakteriyalar bilan bog‘liq.

Nima qilish kerak?

Yarani oqar suv, uy yoki mashinadagi tibbiyot qutisida saqlanadigan fiziologik eritma bilan yuving.

Pay cho‘zilishi yoki sinish

Xato: Issiq kompress qo‘?yish orqali ahvol battar yomonlashadi. Issiqlik natijasida shish ketmaydi, aksincha og‘riq kuchayadi.

Nima qilish kerak?

Singan, chiqqan yoki pay cho‘zilgan sohaga muzli xaltacha qo‘yish, oyoq yoki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib yotish kerak. Jarohat olgan tana a’zosini bog‘lam bilan mahkamlab, shifokorga murojaat qilish lozim.

Ko‘z jarohatlanganda

Xato: Ko‘zga zarar yetkazgan buyumni o‘zboshimchalik bilan olishga urinish noto‘g‘ri.

Nima qilish kerak?

Zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Avtohalokatga uchrash

Xato: Avtohalokatga uchraganidan keyin hech narsa bo‘lmadi deb shifokorga uchramaslik noto‘g‘ri. Negaki adrenalin ko‘p ajralib chiqqani evaziga og‘riq yoki muammo sezilmayotgan bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Kichik avtohalokatga uchragan va o‘zingizni yomon his qilmagan taqdirda ham shifokorga murojaat qiling.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют