» » Lukashenko Belarusning Ispaniyadagi elchisini ishdan bo‘shatdi. U prezidentlik saylovlaridagi ovozlarni qayta sanashni taklif etgandi

Lukashenko Belarusning Ispaniyadagi elchisini ishdan bo‘shatdi. U prezidentlik saylovlaridagi ovozlarni qayta sanashni taklif etgandi


Aleksandr Lukashenko Belarusning Ispaniyadagi elchisi Pavel Pustovoyni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda Belarus prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Pustovoy diplomatik martabasidan, “lavozim majburiyatlarini noto‘g‘ri bajarganligi” uchun ayrilgan. Shuningdek, u Belarusning Jahon turistik tashkilotidagi doimiy vakili lavozimidan ham bo‘shatilgan.

17-avgust kuni Pavel Pustovoy Belarusdagi vaziyatni XXI asrdagi Yevropa davlati uchun “nomaqbul” deb atagan edi. U prezidentlik saylovlaridagi ovozlarni qayta sanashga va norozilik namoyishlari vaqtida yo‘l qo‘yilgan zo‘ravonlikka aloqadorlar ustidan ochiq sud o‘tkazishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatdagi norozilik namoyishlarini birinchi bo‘lib 16-avgust kuni Belarusning Slovakiyadagi elchisi Igor Leshenya qo‘llab-quvvatlagan. 24-avgust kuni Lukashenko rasman uni vazifasidan ozod etgan.

Shuningdek, Belarusning Hindistondagi elchixonasining uchinchi kotibi Andrey Misyura va TIVning Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropadagi departamenti rahbari Andrey Bushilo muxolifatni qo‘llab-quvvatlagani uchun ishdan bo‘shatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют