» » Rasman: Sardor Rashidov “Qatar SK” bilan shartnomasini uzaytirdi

Rasman: Sardor Rashidov “Qatar SK” bilan shartnomasini uzaytirdi


Qatarning “Qatar SK” klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidov jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, klub Sardor va jamoaning yana ikki nafar futbolchisi bilan amaldagi shartnomani bir yil muddatga uzaytirgan.

Ma’lumot uchun, Rashidov mazkur jamoaga 2019-yilning iyul oyida borib qo‘shilgandi.

Sardor Qatar Yulduzlar Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Jamoa esa musobaqani 8-o‘rinda yakunladi. Yangi mavsum starti esa 3–4-sentabr kunlariga rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Sardor Rashidov: O‘zbekiston terma jamoasidan yana taklif bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют