» » O‘zbekistonda avgust oyida iste’mol narxlari darajasi qanchaga o‘sgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda avgust oyida iste’mol narxlari darajasi qanchaga o‘sgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 2020-yilning avgustida iste’mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida o‘rtacha 0,5 foizga ko‘tarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,8 foizni tashkil etgan. Iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar 2020-yilning yanvar—avgust oylari davomida o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarilgan.

Yillik davrda (2019-yilning avgustiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etgan. Tovarlar va xizmatlar narxlari 2019-yilning avgustida oy davomida o‘rtacha 2,9 foizga ko‘tarilgan. Meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 3,2 foizni tashkil etgan.

Tovarlar va xizmatlar 2019-yilning yanvar—avgust oylarida o‘rtacha 8,2 foizga qimmatlashgan. 2018-yilning avgustiga nisbatan 2019-yilning avgust oyida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 16,5 foizga oshgan.

Narxlar indeksining o‘rtacha oylik o‘sish sur’atini hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar—avgust oylari davomida 0,6 foizni, 2019-yilning shu davrida esa 1,0 foizni tashkil etgan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют