» » Avtomobil sensorli ekrani unitazdan ham iflosroq bo‘lib chiqdi

Avtomobil sensorli ekrani unitazdan ham iflosroq bo‘lib chiqdi


Britaniyaning Compare the Market tashkiloti tadqiqot o‘tkazib, avtomobil salonidagi eng iflos beshta zona reytingini tuzib chiqdi. Buning uchun mutaxassislar mashinaning turli yuzalaridan namuna olib, ularning natijasini ofis binosidagi hojatxona unitazi o‘rindig‘i bilan solishtirdi, deb xabar beradi Motor.

Tajribada turli sinfga oid 10 ta avtomobil ishtirok etgan — oilaviy krossoverlar va ishchi pikaplardan tortib, qimmatbaho modellarga qadar. Har bir avtomobil salonidagi turli yuzalardan namunalar olingan: multimedia tizimi displeyi, uzatmalar qutisi richagi, rul ostidagi tugmalar, haydovchining xavfsizlik kamari, yo‘lovchi o‘rindig‘i, salon eshigi tutqishlari, old oyna, orqani ko‘rish oynasi, yukxona va benzobak qopqog‘i.

Olingan namunalardagi bakteriyalar soni ofis hojatxonasidagi tahlil natijalari bilan o‘zaro taqqoslandi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har kuni haydovchi va yo‘lovchi teginadigan multimedia tizimi ekranidagi bakteriyalar unitaz chetidagi bakteriyalardan 371 foizga ko‘p chiqqan. Ikkinchi o‘rinni bakteriyalarning 331 foizli ko‘rsatkichi bilan uzatmalar qutisining selektori egallagan. Undan keyingi o‘rin, rul ostidagi tugmalar, rul chambaragi va tutqichga nasib etgan.

Shuningdek, mutaxassislar oilaviy avtomobil ish avtomobilidan ko‘ra ikki barobarga ko‘proq ifloslangan bo‘lishini aniqladi: yangi Lexus krossoverida aniqlangan bakteriyalar soni chang bosgan Ford F-150 pikapiniki bilan solishtirilgan. Compare the Market avtomobil haydovchilariga o‘z mashinalarini tez-tez tozalash va salonni dezinfeksiya qilib turishni tavsiya etadi.

Mavzuga doir: Mashinada koronavirus yuqtirib olmaslik uchun 9 maslahat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют