» » Xorazmda pora bilan ushlangan mahalla raisi deputatlar iltimosiga ko‘ra sud zalidan ozod qilindi

Xorazmda pora bilan ushlangan mahalla raisi deputatlar iltimosiga ko‘ra sud zalidan ozod qilindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudida mahalladoshidan arzon uy-joy olish masalasini tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishiga ishontirib, 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan paytida ushlangan mahalla fuqarolar yig‘ini sobiq raisi T.X.ga hukm o‘qildi, deb xabar beradi “Sof.uz”.

Sudda sobiq mahalla raisi o‘z aybiga to‘la iqrorlik va pushaymonlik bildirib, ehtiyot chorasida sifatida qamoqda saqlangan paytida o‘zining xatti-harakatlari noto‘g‘ri bo‘lganini chuqur anglab yetganini bayon qilgan.

Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish, firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari, pora berish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan. T.X.ga nisbatan jazo tayinlashda oilaviy ahvoli, qaramog‘ida 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi, mahalla faollari va keksalarning kafolat xatlari hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlarining iltimosnomasi e’tiborga olinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, sud zalidan ozod qilingan.

Avvalroq Xorazmda “bola puli” tayinlash evaziga 400 ming so‘m talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olingani, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Samarqandda asli fermer bo‘lgan mahalla raisi kambag‘allar uchun ajratilgan yordam pulini o‘z ishchilariga tarqatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют