» » Toyota va Honda tabiiy ofatlarda yordam beradigan avtobus-elektrostansiyani yaratdi

Toyota va Honda tabiiy ofatlarda yordam beradigan avtobus-elektrostansiyani yaratdi


Honda va Toyota kompaniyalari birgalikda vodorod avtobuslari bazasida tabiiy ofatlar vaqtida elektr ta’minotini vaqtincha tiklashda yordam beradigan ko‘chma elektrostansiyani yaratdi. Loyihaning ishlash imkoniyati sentabrda sinovdan o‘tkaziladi, deb xabar beradi Motor.

Moving e stansiyasining asosiy elementi — vodorod yoqilg‘isi elementlarida harakatlanuvchi Toyota FC Bus. Uning ballonlarida 454 kilovatt-soatgacha energiyani generatsiya qiladigan va uni ikkita Honda Power Exporter 9000 quvvat qurilmasi orqali maksimal 18 kilovatt uzatadigan modeldan ikki barobar ko‘proq vodorod saqlanadi. Ular yordamida 20 ta LiB-AID E500 portativ generatorlarini, 36 ta Honda Mobile Power Pack batareya modullarini yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilmaga ulangan moslamalarni quvvatlantirish mumkin.

Shu bilan birga, Moving e bir vaqtning o‘zida elektrostansiya rejimida ishlab, favqulodda holatlarda elektr energiyasi bilan ta’minlashi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun dam olish joyi bo‘lib xizmat qila oladi. Tizimning ishlashi sentabrdan boshlab sinovdan o‘tkaziladi.

Bunga qadar Toyota va Honda tijoriy tashkilotlar va munitsipalitetlar hukumati bilan bitim imzolab, Moving e’dan foydalanish ko‘lamini kengaytirgan: vodorod zaxirasi kichikroq tadbir yoki yo‘l xizmatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga yetadi.

Mavzuga doir: Internetda vodorodda harakatlanadigan Hyperion superkarining navbatdagi tizeri paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют