» » Madaniyat vazirligi koronavirusdan vafot etgan ayrim san’atkorlarning ismini e’lon qildi. Ularning ikki nafari SSV ro‘yxatida yo‘q

Madaniyat vazirligi koronavirusdan vafot etgan ayrim san’atkorlarning ismini e’lon qildi. Ularning ikki nafari SSV ro‘yxatida yo‘q


O‘zbekiston madaniyat vazirligi koronavirus asoratlari oqibatida olamdan o‘tgan san’atkorlar haqida ma’lumot berdi.

Ming afsuski, bu kasallik tufayli ko‘pgina yurtdoshlarimiz qatorida elimiz sevgan, iste’dodli san’atkorlarni ham so‘nggi yo‘lga kuzatishga majbur bo‘ldik.

Bugun biz o‘zining o‘lmas obrazlari bilan xalqimiz qalbidan mustahkam joy olgan O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova, mashhur kompozitor va dirijyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev, barchamizning sevimli aktyorimiz, O‘zbek Milliy akademik drama teatriga rahbarlik qilib, otaxon teatrimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining iste’dodli artisti Janabay Utepbergenov, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining mahoratli aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev va boshqa san’atkorlarimizning nomlarini ehtirom bilan yodga olamiz.

O‘z faoliyatining ma’no-mazmunini ona xalqimizga, jonajon Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishda deb bilgan bu fidoyi yurtdoshlarimizdan boy ma’naviy meros qoldi.

Ularning teatr sahnalarida, badiiy va televizion filmlarda yaratgan yorqin obrazlari, yurtimiz va jahon miqyosida e’tirof etilgan musiqiy asarlari abadiyat mulki bo‘lib qolishi, shubhasiz.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi

Madaniyat vazirligi tilga olgan san’atkorlardan faqat uch nafarining o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini SSV tasdiqlagan.

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev 13-iyul kuni 67 yoshida olamdan o‘tgan. Uning o‘limi haqida SSV 16-iyul axborot bergandi.

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 25-avgust kuni 73 yoshida hayotdan ko‘z yumgandi. SSV uning o‘limi koronavirus asoratlari oqibatida yuzaga kelganini 26-avgust kuni tasdiqlagan.

O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 30-avgust kuni 57 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida SSV 31-avgust kuni xabar berdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining sobiq rahbari Janabay Utepbergenov 4-avgust kuni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev 8-avgust kuni vafot etgan. Ushbu ikki san’atkorning o‘limidan so‘ng bir oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ular koronavirus qurboni bo‘lgani haqida SSV shu vaqtgacha axborot bermagan.

Janabay Utepbergenov va Anvar Ergashev bilan birga qo‘shib hisoblaganda “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 334 nafarga yetdi. Bulardan 323 nafari COVID-19 asoratlaridan vafot etganini Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmagan” qolgan to‘qqiz kishi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют