» » Foto: Kolumbiyaning “Muhabbat qahvasi“ seriali bosh qahramonlari 26 yildan so‘ng

Foto: Kolumbiyaning “Muhabbat qahvasi“ seriali bosh qahramonlari 26 yildan so‘ng


Lotin Amerikasida suratga olingan eng muvaffaqiyatli seriallardan biri “Muhabbat qahvasi” efirga uzatilganiga 26 yil to‘ldi. Serial sabab mashhurlikning cho‘qqisiga chiqqan aktyorlar bilan birga o‘sha davrlarni yodga olamiz.

Serial sujeti

Bepoyon qahva dalasi. Bir guruh ishchilar u yerda qahva donachalarini terish bilan band. Ular orasida yoqimli ovozga ega jingalak soch Gavyota ham qo‘shiq kuylab qahva termoqda. Oddiy qahva emas, muhabbat qahvalarini.

Badavlat fermer Oktavioning dafn marosimiga tashrif buyurganlar ichida uning nabirasi Sebastyan ham bor. U qahvachi qizga oshiq bo‘lgan. Londonga o‘qish uchun ketgan Sebastyan va uni izlab ortidan begona yurtlarga borgan Gavyotaning oldidan chiqadigan bir qancha to‘siqlar mavjud edi. Juftlik bir-biriga nisbatan har qancha nafrat va alamzadalik kayfiyatida bo‘lmasin, “Muhabbat qahvasi” ularni yana bir joyda uchrashtiraverardi.

“Muhabbat qahvasi” seriali ssenariysi marhum yozuvchi Fernando Gaytanga tegishli bo‘lib, 1994-yilda ekran yuzini ko‘rdi va qahva teruvchi Gavyota ismli qiz va mashhur qahvachilar oilasining vakili Sebastyanning muhabbati millionlab tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Venesuelaning Bagota shahrida joylashgan qahva dalalari va shahar manzaralari orasida kechgan muhabbat hikoyasi qahva madaniyatini butun dunyoga mashhur qilgan eng birinchi serial namunasiga aylandi. Filmi muvaffaqiyatga erishgan Gaytan 58-yoshida miokard tufayli vafot etdi.

Bosh qahramon Gavyota (Margarita Rosa de Fransisko) 28 yosh, Sebastyan esa (Gay Ekker) 25 yoshda edi. Film mashhurlik bilan birga bir necha nominatsiyalarda ham g‘olib bo‘ldi.

Margarita Rosa de Fransisko

Margarita Rosa de Fransisko 1965-yil 8-avgustdaKolumbiyaning Kali shahrida tug‘ilgan. U musiqachi va aktyor Xerardo de Fransisko hamda modelyer Mersedes Bakoroning qizi edi. Uning opasi Martina de Fransisko ham teleboshlovchi bo‘lgan.

Margarita bolaligida Kali shahridagi Antonio Mariya konservatoriyasi balet yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oladi va birozdan so‘ng umurtqa pog‘onasidagi kasallik tufayli bu sohani tark etishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik ingliz tilini o‘rganish maqsadida Nyu-Yorkka ketadi va 1984-yil “Yil go‘zali” e’tirofiga sazovor bo‘ladi.

1984-yil Kolumbiyadagi “Milliy go‘zallik” tanlovida vitse-tojga ega bo‘ladi. Afsuski, 1985-yilda o‘tkazilgan “Dunyo go‘zali” tanlovida avvalgidek muvaffaqiyatga erisholmaydi.

1986-yilda rejissor Xulio Sezarning “Gallito Ramires” telenovellasida Karlos Vives bilan uchrashadi va oradan ikki yil o‘tib, ular turmush quradi.

Shu tarzda bir qancha muvaffaqiyatli rollar ijrosidan so‘ng u 2003-yili 46 yoshida o‘zidan kichik, 38 yoshli Daniyel Kastelloga turmushga chiqqan.

Gay Federik Ekker

Serialda Sebastyan rolini ijro etgan aktyor Gay Federik Ekker 1959-yil Braziliyaning San-Paulu shahrida dunyoga kelgan. U ota-onasi AQShdan Braziliyaga ta’tilga kelgan paytda dunyoga keldi. Oilada uchinchi bo‘lib tug‘ilgan farzandning akalari va singillari ham bor.

Aktyor uch tilda – portugal, ispan va ingliz tillarida bemalol so‘zlasha oladi. U AQSh va Lotin Amerikasida suratga olingan ko‘plab filmlarda rol ijro etgan. U ijodi davomida hammasi bo‘lib 19 dan ortiq kino va telenovellada suratga tushgan.

View this post on Instagram

Siguiendo las reglas en la fila del super ???? cuidate mucho ???? #repost #guyecker

A post shared by Guy Ecker (@guyeckerbrasil) on

Aktyor ham partnyori kabi ikki marotaba oila qurdi. Birinchi turmush o‘rtog‘i amerikalik aktrisa, xonanda, teleboshlovchi va prodyuser Nia Piplz edi. Yana shunday hol takrorlandi va ular ajrashdi.

Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Estela Sayns bilan u mustahkam oila qurdi. Ular ikki farzand ko‘rdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют