» » O‘zbekistonda 2021—2023-yillarda avariya holatidagi ko‘p qavatli uylar o‘rnida yangi uylar qurish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2021—2023-yillarda avariya holatidagi ko‘p qavatli uylar o‘rnida yangi uylar qurish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda 2021—2023-yillarda avariya holatidagi ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida eskirib qolgan uy-joy fondini ta’mirlash va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilab qo‘yilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan avariya holatidagi ko‘p kvartirali uy-joy fondi xatlovdan o‘tkazilgan.

Ko‘p kvartirali uy-joy fondini ta’mirlash va yangilash maqsadida 2021—2022-yillarda eskirgan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha renovatsiya dasturi, 2021—2023-yillarda avariya holatidagi ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha renovatsiya dasturi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi dasturlar doirasida bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tender savdolari orqali aniqlaydi.

Dasturlarni amalga oshirish doirasida Qoraqalpog‘iston respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 455 ta ko‘p qavatli bino avariya holatida ekanligi ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют